Ispaniya Isroilning Ğazo sektoridagi harbiy operatsiyalariga norozilik belgisi sifatida mamlakat kompaniyalaridan 15,3 million patron buyurtma qilişdan voz keçdi, deb yozadi The Guardian.
Qayd etilişiça, hukumatning uşbu qadami Ispaniya fuqarolik gvardiyasini öq-dorilarsiz qoldirişi mumkin.
Pedro Sançes boşçiligidagi Ispaniya hukumati 2023 yil oktyabrdan beri — Isroil qöşinlari Ğazo sektorida harbiy operatsiya boşlaganiga javoban, Isroil bilan qurol-yaroqqa aloqador har qanday şartnomani rad etib kelayotgan edi. Ammo oradan bir yil ötib, Ispaniya Içki işlar vazirligi kalibri 9 millimetr bölgan 15,3 millionta patron yetkazib beriş böyiça Isroilning IMI Systems kompaniyasi bilan bitim imzoladi. Bu haqda OAVda xabarlar tarqalgaç, IIV şartnomani bekor qilişga va’da berdi.
Şunga qaramay, 23 aprel kuni IIV uşbu şartnomani bajariş niyatini ma’lum qildi. Vazirlikka köra, şartnoma bunday keç bosqiçda bekor qilinsa, Isroil tomoni öq-dorilar yetkazib beriş uçun baribir töliq summani (6,6 million yevro) oladi, ammo Ispaniya qurolsiz qolib ketadi. Bundan taşqari, IIVning qayd etişiça, ta’minotning uzilişi fuqarolik gvardiyasining mamlakatda qonun va tartibni saqlaş qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi.
IIV bayonoti söl Sumar partiyasining keskin noroziligiga sabab böldi. Partiya yetakçisi Iolanda Dias Isroildan patronlar sotib oliş — mamlakat hukumatining içki kelişuvlarini «qöpol ravişda buziş» ekanini ma’lum qildi. Bugun, 24 aprel kuni Sançes va Dias vakillari şartnoma bir tomonlama tartibda bekor qilinişini e’lon qildi.












