Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi 2024 yil yakunlariga köra davlat organlari va taşkilotlarining oçiqlik indeksini taqdim etdi.
Bu indeks, prezident farmoniga asosan, 84 ta baholaş mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida şakllantiriladi. 2024 yilgi baholaşda jami 98 ta ijro organlari va kompaniyalar qamrab olingan.
Baholaş natijalariga köra, oçiqlik talablarini bajariş böyiça 50 ta davlat organi «yaşil» (2023 yilda 31 ta), 35 tasi «sariq» (43 ta) va 13 tasi «qizil» (29 ta) toifaga kiritildi.
«Yaşil» toifada baholangan davlat idoralari kölami 2023 yilga nisbatan 21 foizga köpayib, «qizil» toifadagilar 15 foizga kamaygan.

2024 yilgi oçiqlik indeksida eng yuqori örinlarda «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ, Soliq qömitasi, «Özavtosanoat» AJ, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ va «Uzbekistan Airways» AJ qayd etilgan.
Umumiy reytingda eng yomon körsatkiçlar Andijon viloyati hokimligi, Kinematografiya agentligi, Farmatsevtika agentligi va Milliy antidoping agentligiga tegişli.

Vazirliklar kesimida bu indeksda eng yuqori natijani oliy ta’lim, adliya va raqamli texnologiyalar vazirliklari körsatgan. Taşqi işlar, investitsiyalar va soğliqni saqlaş vazirliklarining oçiqlikka rioya qilişi esa maqtagulik emas.

Mahalliy hokimiyatlar orasida Xorazm, Qaşqadaryo va Navoiy viloyatlari hokimliklari oçiqlikka eng köp yaqin bölgan, deb topildi. Andijon (100 dan 28,5 ball), Jizzax (49 ball) va Sirdaryo (49 ball) viloyati hokimliklari prezident farmonida keltirilgan oçiqlik indekslari böyiça eng yomon natijalarni qayd etgan.
Davlat banklari orasida eng yaxşi körsatkiç Özsanoatqurilişbankda, eng yomoni esa Asakabankda kuzatilgan.











