Hisobotga köra, 2025 yil boşidan 31 trillion sömlik tölovlar amalga oşirilgan, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,5 barobar köp. Kompaniyaning tuşumi 388 milliard sömni, sof foydasi esa 108 milliard sömni taşkil etdi. Bu natijalar ötgan yilga nisbatan 70% köp, şuningdek, kompaniya içki rejasidan ham 57% yuqori.
Bundan taşqari, Paynet foyda soliği sifatida davlat budjetiga 19 milliard söm tölagan, bu ham ötgan yilga qaraganda 57% köproq. Paynet bozorda 20 yildan beri faoliyat yuritadi va foydalanuvçilarga naqd hamda elektron tölov xizmatlarini taklif qiladi. 2024 yil aprel oyida kompaniya xususiylaştirildi, 2025 yil yanvar oyida esa HUMO tölov tizimini 65 million dollarga sotib oldi.
Bugungi kunga kelib, Paynet xizmatlaridan 23 million foydalanuvçi foydalanadi, mobil ilovaning faol foydalanuvçilari esa 2,7 millionga yetgan.
Şuningdek, kompaniya tölovlarni qabul qiliş nuqtalarini kengaytirişda davom etmoqda — ular soni 28 mingtaga yetdi, jumladan, agentlik punktlari va infokiosklar.

Paynet Boş direktori Anvar Isamuhamedov quyidagiça izoh berdi:
"Bu natijalar bizning strategiyamiz töğri yönalişda ekanini körsatmoqda. Biz texnologiyalarga, xizmatlar sifatini oşirişga va mijozlarga qulaylik yaratişga doimiy sarmoya kiritmoqdamiz. Natijalar bizning jamoamiz va mijozlarimiz işonçining natijasidir. Biz bu yönalişda işlaşda davom etamiz”.
Paynet kelgusida foydalanuvçilar sonini yanada oşiriş, xizmatlar turini kengaytiriş va xizmatlar sifatini yaxşilaşni rejalaştirmoqda.
Reklama huquqi asosida











