Qirollik içki işlar vazirligiga köra, Haj ziyoratiga boriş uçun ruxsatnoma tartiblarini buzganlar uçun jazo çoralari joriy yil Haj mavsumida – 29 apreldan 10 iyunga qadar qöllanadi. Xususan:
1. Ruxsatnomasiz Haj ziyoratini ado etayotgan yoki qilmoqçi bölgan şaxslar, şuningdek, körsatilgan muddat davomida Makka şahri, muqaddas qadamjolarga kirişga yoki qolişga uringan barça turdagi ziyorat vizasi egalariga 20 000 Saudiya riyali – taqriban 5,3 ming dollargaça jarima solinadi.
2. Taşrif vizasi orqali Hajni ruxsatsiz bajarişga uringan yoki Makka va muqaddas joylarga kirgan şaxslar uçun viza olganlarga 100 ming Saudiya riyali – taqriban 26,6 ming dollargaça jarima qöllanadi. Bu jarima har bir viza olingan şaxs uçun alohida hisoblanadi.
Şuningdek, ruxsatnomasiz şaxslarni Makka yoki muqaddas joylarga taşiganlar, ularni yaşirişga uringanlar, mehmonxonalar, kvartiralar, xususiy uylar yoki Hajga möljallangan boşqa joylarda joylaştirganlarga ham xuddi şu miqdorda jarima (taqriban 26,6 ming dollargaça) solinadi. Bu ularga yordam körsatgan yoki yaşirgan har bir şaxs uçun alohida-alohida hisoblanadi.
3. Qonunga xilof ravişda Hajni ado etişga uringan şaxslar, ularning yaşaş muddati tugagan bölsa yoki noqonuniy ravişda yaşayotgan bölsa, öz yurtiga deportatsiya qilinadi va 10 yil davomida Saudiya Arabistoniga kirişi taqiqlanadi.
4. Taşrif vizasiga ega bölgan şaxslarni Makka yoki muqaddas joylarga taşişda foydalanilgan transport vositalari, agar ular taşuvçi yoki yordam bergan şaxslarga tegişli bölsa, sud tomonidan musodara qilinadi.
Avvalroq, Saudiya içki işlar vazirligi, Qirollik hududida viza muddati tugagaç çiqib ketmagan xorijliklar uçun 50,000 saudiy riyali – 13,3 ming dollargaça jarima, 6 oygaça qamoq va deportatsiya jazolari belgilanganini ma’lum qilgandi











