18 fevral kuni Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri Tavfiq Favzon ar-Robia boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga rasmiy taşrif bilan keldi. U Toşkentda mahalliy jurnalistlar bilan uçraşib, Haj va Umra ziyoratiga doir ayrim savollarga javob berdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

– Özbekistonda 2024 yil noyabr oyidan Umra ziyoratini amalga oşiruvçi turfirmalar uçun bir qança yangi talablar qöyildi. Xususan, firma maxsus hisob raqamga 1 million dollar qöyiş talabidan söng, turfirmalar soni keskin qisqardi. Saudiya Arabistoni uşbu masalada qanday pozitsiyada?

– Biz alohida e’tibor bilan qaraydigan masala Umra ziyoratçilarning xavfsizligi, erkinlik va yengillik bilan amallarni ado etişidir. Şuning uçun bu masalaga ikki davlatda ham alohida e’tibor qilinadi, Saudiya Özbekiston tomoni körayotgan çoralarni qöllab-quvvatlaydi.

1 million dollarlik şart haqida. Biz doim umraçi ziyoratçilarga xizmat körsatiş, ularni xavfsizligini ta’minlaşni birinçi öringa qöyamiz. Ayrim kompaniyalar tomonidan kamçiliklar bölyapti, ayrim ziyoratçilar qiyinçiliklarga uçrab qolişyapti. Bunday holatlarda yuqorida aytilgan mablağ öşa qiyin holatda qolgan ziyoratçiga yordam qiliş uçun nazarda tutilgan bölişi kerak. Şuning uçun ham biz Özbekiston hukumati bilan bu borada fikrimiz bir joydan çiqmoqda.

– Özbekistonga 2025 yil Haj mavsumi uçun ajratilgan kvota qança va uni nima asosida şakllantiriladi?

– Haj uçun 2025 yilda Özbekiston fuqarolariga 15 ming dona kvota ajratilgan. Bu bu raqamni belgilaşdan oldin Özbekiston tomoni bilan, Özbekistondagi mutasaddi taşkilotlar bilan bu borada gaplaşamiz. Sönggi kelişuvimizga binoan 2025 yildagi Haj kvotasi 15 ming qilib belgilandi.

Umra ziyoratçilari soniga esa çeklov yöq. Xususan, 2024 yilda taxminan 461 ming özbekistonliklar Umra ziyoratini amalga oşirgan. Bu bilan Özbekiston umraçilar soni böyiça birinçi öntalikka kirgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinçi örinni egallamoqda.

  • Saudiya Arabistoni Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Robia boşçiligidagi delegatsiya 18 fevral kuni Toşkentda Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy şayx Nuriddin Xoliqnazar, Din işlari böyiça qömita raisi Sodiqjon Toşboyev va boşqa rasmiylar bilan uçraşuv ötkazdi.