Google kompaniyasi Android foydalanuvçilarini himoya qiliş böyiça yangi çoralarni e’lon qildi. 9To5Google insayderlariga köra, endi noma’lum işlab çiquvçilarning (tasdiqlanmagan) ilovalarini örnatib bölmaydi. Bu nafaqat Google Play, balki boşqa ilova dökonlari va oddiy usulda yuklab olinadigan apk fayllariga ham tegişli.
Google ilova işlab çiquvçilarning tekşiruvini «aeroportda şaxsni tekşiriş» jarayoniga öxşatdi. Maqsad - zararli dasturiy ta’minot işlab çiquvçilardan himoyalaniş. Google fikriga köra, rasmiy dökondan taşqarida bunday dasturlar 50 baravar köproq.
Google ilovalarni Google Play’dan taşqarida tarqatadigan dasturçilar uçun yangi konsol yaratadi. U yerda mustaqil işlab çiquvçilar uçun tijorat versiyasidagidan farq qiladigan vositalar böladi. Google Play bilan işlayotgan dasturçilar allaqaçon tekşiruvdan ötgan va avtomatik ravişda talablarga javob beradi.
Yangi tizimni sinovdan ötkaziş 2025 yil oktabr oyida boşlanadi. 2026 yil mart oyida tekşiruv barça uçun oçiq böladi. Birinçi çeklovlar 2026 yil sentabr oyida Braziliya, Indoneziya, Singapur va Tailandda kuçga kiradi. 2027 yildan boşlab uşbu qoidalar barça mamlakatlarga taalluqli böladi.

















