Taqdimotda ta’kidlanişiça, sönggi yillarda ta’lim sohasida xususiy sektorga berilgan imkoniyatlar tufayli 71 ta xususiy oliygoh va 51 ta xususiy texnikum taşkil etilib, ularda 500 ming nafarga yaqin talaba va öquvçilar ta’lim olmoqda. Buning natijasida mamlakatda oliy ta’lim bilan qamrov 9 foizdan 42 foizga oşdi.

Albatta, bugungaça amalga oşirilgan işlar köplab yoşlarning kasbiy va oliy ma’lumot olişiga imkon yaratdi. Ammo, nodavlat ta’lim taşkilotlarining barçasida ham ta’lim sifati birdek ta’minlanmagan.

Nodavlat ta’lim taşkilotlarida qabul parametrlari, ta’lim dasturlari, öquv jarayonlari hamda ilmiy salohiyatni sifat jihatidan yaxşilaş, ularni zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlariga moslaştiriş eng asosiy masalalardan biridir.

Şu bois taqdimotda nodavlat ta’lim xizmatlarini körsatişni tartibga soliş, litsenziyalaş tizimini takomillaştiriş hamda davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş böyiça yangi tizimni joriy etişga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

Bu borada ilğor xorijiy tajribalar asosida ikki bosqiçli litsenziyalaş tizimiga ötiş, ta’lim dasturlarini maxsus akkreditatsiyadan ötkaziş hamda har beş yilda kompleks davlat akkreditatsiyasini taşkil etiş böyiça takliflar bildirildi.

Şuningdek, taqdimotda rivojlangan davlatlarning eng ilğor tajribasidan kelib çiqqan holda, ta’lim sifatini taşqi baholaş bilan şuğullanuvçi alohida mustaqil tuzilma taşkil etiş hamda sifat nazoratining şaffof, xolis va adolatli tizimini joriy qiliş taşabbusi ham ilgari surildi.

Ta’kidlanişiça, ta’lim sifatini ta’minlaş va taşqi baholaşning joriy etilişi kasbiy va oliy ta’lim muassasalarida öqitiş samaradorligi va ilmiy salohiyatni oşirib, ularning xalqaro reytinglardagi örnini yaxşilaşga xizmat qiladi.