2025 yil yanvar-mart oylarida örtaça oylik iş haqi 5 mln 796 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga ösgan. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.

Hududlar kesimida örtaça oylik iş haqining eng yuqori miqdori Toşkent şahri (9 mln 889 ming), Navoiy (7 mln 331 ming) va Toşkent viloyatida (5 mln 435 ming), eng kam miqdori esa Qaşqadaryo (4 mln 79 ming), Farğona ( 4 mln 203 ming) va Surxondaryo (2 mln 209 ming) viloyatlarida qayd etilgan.

Oylik maoşlarning eng yuqori ösişi Toşkent şahri (+22,7 foiz), Surxondaryo (+19,1 foiz), Sirdaryo (18,5 foiz) va Buxoro (18,5 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Hisobot davrida faqatgina ikkita ma’muriy hududda (Toşkent şahri va Navoiy viloyati) nominal iş haqining darajasi respublikadagi örtaça darajadan yuqori bölib, qolgan barça hududlarda bu körsatkiç respublika darajasidan turli miqdorda past şakllangan.

Birinçi çorak yakunlariga köra, sohalar kesimida örtaça oylik iş haqi miqdori:

  • bank, suğurta, lizing va kredit vositaçilik faoliyatida – 15 mln 848 ming söm;
  • axborot va aloqa sohasida – 14 mln 818 ming söm;
  • taşiş va saqlaş sohasida – 8 mln 719 ming söm;
  • sanoat sohasida – 6 mln 923 ming söm;
  • savdo sohasida – 6 mln 521 ming söm;
  • quriliş sohasida – 6 mln 14 ming söm;
  • san’at, köngil oçiş va dam oliş sohasida – 4 mln 831ming söm;
  • yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari sohasida – 4 mln 790 ming söm;
  • ta’lim sohasida – 4 mln 44 ming söm;
  • soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasida – 3 mln 626 ming söm.

Sohalar kesimida iş haqining eng yuqori ösiş sur’ati axborot va aloqa (+26,8 foiz), san’at, köngil oçiş va dam oliş (+20,2 foiz) hamda bank, suğurta, lizing va kredit vositaçilik faoliyatida (+19,8 foiz) kuzatilgan.