Ukraina hukumatiga aloqador «Xoçu jit» («Men yaşaşni xohlayman») loyihasi Rossiya armiyasi bilan şartnoma tuzib, Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan 1100 kişi haqidagi ma’lumotlarni oşkor qildi. Mualliflarga köra, bu röyxat töliq emas, agar Rossiya armiyasi safida turib jang qilayotgan etnik özbeklar ham hisobga olinsa, ularning soni bir neça ming kişiga yetgan bölardi.
- «Men yaşaşni xohlayman» loyihasi – taslim bölib, harbiy asirlikka tuşmoqçi bölganlar murojaatlarini muvofiqlaştiruvçi ştab bölib, Ukraina mudofaa vazirligi va boş razvedka boşqarmasi kömagida iş olib boradi. U asosan, Rossiya va Belarus armiyasining ixtiyoriy ravişda taslim bölgan harbiy xizmatçilari bilan şuğullanadi.
«Özbekiston KXŞT (ODKB)dagi a’zoligini töxtatib turgan bölişiga qaramay, bu hukumatga öz fuqarolarining Rossiya armiyasi saflariga yollanişida köz yumib turişiga xalaqit qilmayapti», – deydi mualliflar.
1100 kişilik röyxatga Ukrainaga asirga tuşganlar kiritilmagan. Ular faqat Rossiya armiyasi safida harbiy harakatlarda qatnaşayotgan yoki qatnaşgan (halok bölgan yoki şartnoma muddati yakunlangan) Özbekiston fuqarolari ekani aytilgan.
Röyxatda Özbekiston fuqarolarining ism-şarifi, tuğilgan sanasi, Rossiya mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzgan sanasi, harbiy xizmatdagi şaxsiy raqami hamda vafot etgan sanasi (109 kişi) keltirilgan.
Taşkilot 1100 kişiga oid ma’lumotlarni qanday yöl bilan qölga kiritganini oçiqlamagan.
Özbekistonning uruşga yollangan fuqarolarining katta qismini 25 dan 50 yoşgaça bölganlar taşkil etadi.
Ma’lum qilinişiça, röyxatdagilardan kamida 109 nafari vafot etgan. Ularning yoşi 21 dan 62 gaça bölgan. Xususan, ulardan biri Rossiya mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzganidan 8 kun ötib halok bölgan.
«Rossiya qurolli kuçlari safiga özbeklarni yollaş tarixi tojikistonliklarnikiga juda öxşaydi. Özbekistondan kelayotgan muhojirlar oqimida susayiş alomatlari körinmayapti. Rossiya hukumati ulardan «töp yemi» sifatida foydalanişdan mamnun. Ular Markaziy Osiyodan kelgan odamlarni reydlar va deportatsiya tahdidlari bilan şartnomaga imzo çekişga «rağbatlantiradi», – deyiladi bayonotda.
Ukraina tarafi uruş boşlanganidan buyon Özbekiston hukumati öz fuqarolarini çet el qöşinlari safiga qöşilmaslikka çaqirgan bölsa-da, sudlarning yollanma askarlarga çiqargan «yumşoq hukmlari» köplab savollarni tuğdirayotganini qayd etgan.
























