Prezidentning 2023 yil 31 maydagi 171-sonli qaroriga asosan «Çiqindi poligonlarini boşqariş direksiyasi» davlat muassasasi taşkil etilib, çiqindi poligonlari boşqaruvini tizimlaştiriş, modernizatsiya qiliş hamda optimallaştiriş vazifasi yuklatilgan edi.

«Çiqindixonalar davlat tasarrufiga berilgaç, ularga e’tibor, munosabat va boşqaruv ham tubdan özgardi desa böladi. Egasiz va qarovsiz, öz holiga taşlab qöyilgan, köz öngimizdagi salbiy manzaradagi çiqindixonalar endi tartibga kiryapti», deyiladi Ekologiya va iqlim vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Hozir çiqindixonalarda atmosferaga çiqarilayotgan taşlanmalarni monitoring qiliş, yonğin xavfsizligini ta’minlaş böyiça suv havzasi, sanitar burçaklar, qorovulxona, hojatxona hamda suv quduqlari, dizbarer qurilmasi barpo etilib, uzluksiz elektr va içimlik suvi ta’minotiga e’tibor qaratilyapti.

Jumladan, Ekologiya vazirligi Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi huzuridagi Çiqindi poligonlarini boşqariş direksiyasi tomonidan poligonlardagi 300 ga yaqin maxsus texnikalarga zamonaviy GPS nazorat tizimi örnatilgan. Davlat budjeti mablağlari hisobidan qöşimça 78 ta maxsus texnika xarid qilinib, hududlarga tarqatilgan.

Hozirda jami 184 ta maişiy çiqindi poligonidan 39 tasi tartibga keltirilib, örtaça 70-80 sm tuproq qatlami bilan yopildi, aholi salomatligi, atrof-muhit va ekologiyaga salbiy ta’siriga çek qöyilib, yerlar tabiatga qaytarildi.

Joriy yilning birinçi çoragida Toşkent, Namangan, Andijon, Buxoro, Sirdaryo, Samarqand, Farğona va Qaşqadaryo viloyatlarining jami 14 ta tumanda joylaşgan qattiq maişiy çiqindi poligonlarida suriş, ziçlaş, tekislaş işlari amalga oşirildi. Qolaversa, manzilli dastur asosida 37 ta çiqindi poligoni avtotarozi va kuzatuv kameralari bilan jihozlanmoqda. 

Şuningdek, 2025 yil davomida 18 ta çiqindi poligonini rekultivatsiya qilib, tuproq qatlami bilan yopiş maqsad qilingan.

«Yaşil makon» umummilliy dasturi doirasida respublika böyiça 2024 yilda 123 ta çiqindi poligoni atrofida 461 ming tup hamda 2025 yil bahor mavsumida 130 ta çiqindi poligoni atrofida 367,7 ming tup terak, tut, qayrağoç, saksovul, tol va boşqa turdagi daraxt köçatlari ekilib, «yaşil belboğ»lar taşkil etildi.

Kelgusida 970 gektar yer maydonini rekultivatsiya qilib, tabiatga qaytariş, yiliga 58,5 mln tonna gaz sizib çiqişi hamda yonğin xavfining oldini oliş, sizot suvlarining atmosfera havosiga salbiy ta’sirini örtaça 78 foizga kamaytiriş, 116 ta şahar va tumanlarda sohadagi holatni töliq yaxşilaşga erişiş rejalaştirilgan.