AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uols va uning örinbosari Aleks Vong işdan olinadi, deb xabar berdi CBS News.

Milliy Xavfsizlik Kengaşidagi vaziyatdan xabardor manbalardan birining aytişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp ularni iste’foga çiqarilişini qayta taşkil etiş sifatida taqdim etiş uçun «Signalgeyt»dan beri yetarliça vaqt ötgan deb hisoblamoqda.

Avvalroq Tramp maslahatçini işdan böşatişda ikkilanib yurgan va buni taşqi bosimga yon beriş sifatida baholanişi mumkin deb hisoblagan, deb yozdi CBS News.

Fox News xabariga köra, Uols va Vong allaqaçon işdan böşatilgan. Öz navbatida, Politico Tramp «boşqa ma’muriyat amaldorlarining işonçini» yöqotgan Uolsni işdan böşatişni ançadan beri rejalaştirganini yozdi. Naşrga köra, «uning örniga nomzodlar Ğarbiy qanotda bir neça hafta davomida muhokama qilinmoqda».

Donald Tramp Uolsni AQŞning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga tayinlaşini ma’lum qildi.

«Mayk Uols harbiy forma kiyib, jang maydonida xizmat qilgan davrida ham, Kongressdagi faoliyati va milliy xavfsizlik böyiça maslahatçim sifatida ham har doim mamlakatimiz manfaatlarini birinçi öringa qöyib, fidokorona mehnat qildi. Işonçim komilki, u yangi lavozimida ham aynan şunday davom etadi», — deb yozadi Tramp.

Öz navbatida, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio prezidentning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi vazifasini vaqtinça bajaradi. Şu bilan birga, u Davlat departamentiga rahbarlik qilişda davom etadi.

Şuningdek, Amerika OAV prezidentning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi lavozimini Tramning Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Stiv Uitkoff egallaşi mumkinligi haqida xabarlar tarqatmoqda. CNN’ning öz manbalariga tayanib yozişiça, Uitkoff Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi lavozimini egallaşni xohlamayapti.

24 mart kuni The Atlantic boş muharriri Jyeffri Goldberg Oq uy rasmiylari Yamandagi husiy isyonçilar pozitsiyalariga zarba berişni muhokama qilayotgan Signal çatiga özini qöşib qöyganliklarini aytdi. Çatda 18 kişi, jumladan, prezidentning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uols ham bor edi.