Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Damas maşinasida 32 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, haydovçi bolalarni xususiy boğçadan olib ketayotgan bölgan. Xodimlar tomonidan holat bartaraf etilib, maşina kuzatuv ostida boğçaga qaytarilgan. Haydovçiga nisbatan çora körilgan.

Şuningdek, holat yuzasidan viloyat Maktab va maktabgaça ta’lim boşqarmasiga taqdimnoma kiritilgan.

Oldinroq Namanganda 25 nafar, Samarqandda 25 nafar, Qoraqalpoğistonda esa 27 nafar bola Damas'da olib ketilayotgani aniqlangandi.