Xususan, u Trampning bojlar böyiça siyosati «Amerika prezidentligining zamonaviy tarixidagi eng yirik qölda yaratilgan iqtisodiy inqiroz» ekanini ta’kidladi.
«Ba’zi odamlar sönggi oylarda sodir bölgan voqealarni mutlaq xaos deb ta’riflamoqda. Va, albatta, buning sababini tuşunaman. Bu, albatta, uşbu tariflar tufayli. Tariflar – men oldindan aytganimdek – retsessiyaga olib kelişi tayin», – dedi Harris.
U aholining kundalik xarajatlarini oşirişi, pensiya hisoblari va kiçik biznesga ta’sir qilişi mumkin bölgan uşbu siyosatga oçiqçasiga qarşi çiqayotgan amerikaliklarni olqişladi.
Harrisning saylovdagi mağlubiyatidan keyingi birinçi çiqişi San-Fransiskoda ayollarga siyosiy karera quriş va saylovda qatnaşişga yordam beradigan Emerge America taşkilotining tantanali tadbirida bölib ötdi.
Kamala Harris Trampning iqtisodiy kun tartibi bilan çeklanmasdan, uning butun prezidentlik dasturini «[Tramp jamoasi] haqiqatni aytganlarni jazolaydigan, sadoqatlilarni rağbatlantiradigan, hokimiyatdan foydalanib boylik orttiradigan va boşqalarni öz holiga taşlab qöyadigan Amerikaning tor, xudbinona körinişi» deb atadi.
U agar hukumatdagi özaro tiyib turiş va muvozanat tizimi barbod bölsa, mamlakat konstitutsiyaviy inqirozga yuz tutişidan ogohlantirgan.
«Bu oxir-oqibat hammaga ta’sir qiladigan inqiroz, çunki bu bizning asosiy huquq va erkinliklarimizni himoya qiladigan, har birimizga hukumatimiz qanday işlaşi böyiça ovoz beriş huquqini kafolatlaydigan qoidalar endi ahamiyatga ega bölmasligini anglatadi», – dedi sobiq vitse-prezident.
Demokratik ma’muriyat Oq uyni tark etganidan söng, Kamala Harris omma qarşisida deyarli köriniş bermayotgandi. Özining aytişiça, Trampning ikkinçi muddati boşlanganidan beri uning harakatlariga dadil qarşilik körsatayotgan amerikaliklar va mamlakatda qonun ustuvorligini qöllab-quvvatlaşda davom etayotgan sudyalar uni San-Fransiskoda nutqi qilişga ilhomlantirgan.
«Katta ehtimol bilan, vaziyat yaxşilanişni boşlaşdan oldin yanada yomonlaşadi. Ammo biz bunga tayyormiz», – degan Harris öz nutqi yakunida.










