Ukrainada 2018 yildan 2024 yilga qadar 11 kişini öldirişda aybdor deb topilgan Özbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm etildi, deb xabar beradi mamlakat Boş prokuratura ofisi.
«2018 yil fevralidan 2024 yil yanvarigaça bölgan davrda 11 kişini öldirgan, şuningdek, suiqasd qilişga uringan şaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Doimiy yaşaş joyiga ega bölmagan Özbekiston fuqarosi 3 nafar ayol va 8 nafar erkakning umriga zomin bölgan», — deyiladi prokuratura xabarida.


Erkak 2024 yilning yanvarida Kiyevdagi gul dökoniga xaridor sifatida kirgan va piçoq bilan sotuvçiga 30 dan ortiq jarohat yetkazgan. Şundan keyin u ayolning tilla taqinçoqlarini olib, voqea joyidan yaşiringan. Jinoyatni sodir etişda gumonlangan erkak qölga olingan.
Tergov davomida erkak bunday jinoyatlarni bir neça bor sodir etganini tan olib, ularning tafsilotlarini aytib bergan. Uning qurbonlari asosan doimiy yaşaş joyiga ega bölmagan odamlar bölgan — erkak ular bilan tanişgan, birgalikda spirtli içimliklar içgan, söng Özbekiston fuqarosi ularni öldirgan. «Jasadlar ölim holatlari va sababini aniqlaş qiyin bölgan vaqtda topilgan», — deyiladi prokuratura xabarida.

Prokuratura ma’lumotlariga köra, ayblanuvçi yana bir kişini öldirişga uringan va jinoyatni oxiriga yetkaza olmagan.
«Ayblanuvçi har bir qurbonni yaxşi esladi va batafsil hikoyalar jazoni yengillaştirişiga umid qildi», — deya qayd etadi idora.
Sud taqdim etilgan dalillarni baholab, erkakni qotillik jinoyatlarida aybdor deb topdi va unga qonunda nazarda tutilgan eng maksimal — umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi. Hozirda u hibsda saqlanmoqda.












