Ukrainaga qarşi uruşda Rossiya prezidenti Vladimir Putin öz e’tiborini köproq qisqa muddatli maqsadlarga qaratayotgan bölişi mumkin – bosib olingan Ukraina hududlari ustidan nazoratni kuçaytiriş va harbiy sanoatga ulkan sarmoya kiritilişi tufayli «qiyin ahvolda» qolgan Rossiya iqtisodiyotini rağbatlantiriş. Bu haqda 2 may, juma kuni Amerikaning CNN telekanali Ğarb razvedkasi va vaziyat bilan taniş bölgan bir neça manbalar ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
«Bu AQŞ va Ğarb razvedka xizmatlarining sönggi baholaridagi evolyutsiyadan dalolat beradiki, Putin uruş holati uning foydasiga va zaiflaşgan Ukrainaga qarşi uzoqroq kuraş olib boriş, butun mamlakatni egallaş uçun kuç va resurslarga ega ekanligiga işonadi», — deyiladi telekanal bayonotida.
CNN telekanalining ikki manbasiga köra, Putinning fikrlaşidagi ehtimoliy özgarişlarni körsatuvçi sönggi ma’lumotlar AQŞ prezidenti Donald Tramp va uning jamoasining Rossiya prezidenti Ukraina bilan tinçlik kelişuvini körib çiqişga oçiq bölişi mumkinligiga işonçi komil ekani ham ta’sir qilgan.













