Özbekiston rasmiylari Ukrainaga qarşi uruş uçun Rossiya armiyasiga yollangani aytilayotgan özbekistonliklar röyxati böyiça tekşiruv olib bormoqda. Bu haqda Kun.uz'ga Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq Ukraina hukumatiga aloqador “Xoçu jit” (“Yaşaşni xohlayman”) loyihasi Rossiya armiyasi bilan şartnoma tuzib, Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan 1100 ga yaqin Özbekiston fuqarosining röyxatini e’lon qilgandi.
TIV matbuot kotibi Ahror Burhonovga köra, e’lon qilingan ma’lumotlar vakolatli organlar tomonidan tekşirilmoqda.
U Özbekiston qonunçiligi bilan Özbekiston fuqarolarining mamlakat taşqarisidagi harbiy harakatlarda iştirok etişi taqiqlanganini ta’kidlab, ma’lumotlar tasdiqlangan taqdirda, tegişli çoralar körilişini bildirdi.
“Xoçu jit” e’lon qilgan ma’lumotlarda Ukrainaga qarşi uruşayotgan bir qator özbekistonliklarda Rossiya fuqaroligi ham borligi qayd etilgan. Ahror Burhonov Özbekistonda ikki fuqarolik taqiqlanganini bildirib, bu borada ham tegişli çoralar körilişi qayd etdi.
Uning sözlariga köra, Özbekiston rasmiylari “Özbekiston fuqarolarini xorijdagi harbiy harakatlarga jalb etilişiga yöl qöyilmasligini doimiy ravişda bildirib keladi”.
Eslatib ötamiz, Boş prokuratura va Adliya vazirligi bungaça bir neça bor murojaat bilan çiqib, Jinoyat kodeksining tegişli moddalarini eslatgan.
JKning 154-moddasiga köra, harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun yollaniş 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etişga sabab böladi. Uruşga odamlarni yollaş, ularni öqitiş va ulardan harbiy harakatlarda foydalaniş 12 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş bilan jazolanadi.
JKning 154-1-moddasiga asosan, çet davlatlar harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga yollangan Özbekiston fuqarolari 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinadi.
Ayni moddalar böyiça oçilgan jinoyat işlarining ayrimlari:













