Samarqand viloyati, Paxtaçi tumani, 21-maktabda tasvirga olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Unda ikki öquvçisi boşqa bir öquvçining poyida tiz çökkan holda keçirim sörayotgani aks etgan.

Samarqand viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi bergan ma’lumotga köra, hodisa 2024 yil aprel oyida yuz bergan.

Dastlab, X.T. ismli öquvçi E.Ya. ismli öquvçini haqorat qilgan. Söngra maktab direktori örinbosari, sinf rahbari va maktab psixologi X.T. onasining roziligi bilan uni va opasini E.Ya. uyiga uzr söraş uçun olib borgan. Şundan keyin E.Ya.ning onasi öquvçilarni öz farzandidan tiz çökkan holda keçirim söraşni talab qilgan. Videoda şu lavhalar aks etgan.

Qayd qilinişiça, holat böyiça huquqni muhofoza qiluvçi organlar tomonidan E.Ya.ning onasiga nisbatan tegişli ma’muriy jazo çorasi qöllanilgan.

Şuningdek, maktab direktori örinbosari, sinf rahbari va maktab psixologiga nisbatan tegişli intizomiy jazo çoralari qöllangan.

Ta’kidlanişiça, bunday holat qayta takrorlanmasligi uçun maktab ma’muriyati hamda hudud profilaktika inspektori tomonidan öquvçilar va ota-onalar örtasida zarur tuşuntiriş işlari olib borilgan.