Surxondaryoning Boysun tumanida joylaşgan “Mustaqillikning 25 yilligi” konida gaz otilişi yuz berdi.
Tong soat 6 larda röy bergan holat haqida soat 13:57 ga kelib ilk rasmiy axborot berildi.
Energetika vazirligiga köra, 5 may kuni soat 6:10 da kondagi 202-quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bölgan gazning katta bosim bilan otilişi va natijada fontanlaniş holatining qaytalanişi kuzatilgan.
“Tarkibida vodorod sulfidi yuqori bölgan gaz tarqalişining oldini oliş maqsadida gaz oqimi nazorat ostida yoqib yuborildi. Ayni paytda barça zarur tadbirlar xavfsizlik çoralariga töliq rioya qilingan holda amalga oşirilmoqda. Hodisa sodir bölgan hudud tegişli xizmatlar tomonidan örab qöyilgan va hozirgi vaqtda uşbu hudud Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda Oçiq neft va gaz favvoralarining oldini oliş hamda ularni bartaraf etiş böyiça Özbekiston harbiylaştirilgan qismi mutaxassislari tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda.
Yuzaga kelgan hodisa yaqin atrofdagi aholi punktlari uçun xavf tuğdirmaydi”, – deyiladi vazirlik bayonotida.
Qayd etilişiça, mazkur quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bölgan gazning çiqişi 2025 yil 27 mart kuni ham qayd etilgan. Öşanda quduq nazorat ostida yoqib qöyilgan.
22 aprelda esa quduq öqining ğovlanib tuşgani va kolonna çiqib ketişi natijasida fontanlaniş töxtagan, hodisa joyida gazning sust oqimi (grifon) kuzatilgan.
“Avariyani bartaraf etiş maqsadida hodisa joyida xorijdan jalb etilgan mutaxassislar ham faoliyat olib bormoqda”, – deya qayd etgan Energetika vazirligi.












