Ilgari muqobil savdo joylarini tayyorlaş zarurati tufayli töxtatilgan Qöyliq bozori hududining bir qismini qayta quriş va obodonlaştiriş işlari qayta tiklandi. Bu haqda Toşkent şahri hokimligi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, hozir bozor yanada tartibli holga keltirilgan — tadbirkorlar uçun joylar yaratildi va hududdagi işlar faol davom etmoqda. Barça işlar bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda, şu bilan birga, savdo faoliyati töxtatilmagan.

«Bozor yopilmayapti, balki uning faoliyati optimallaştirilmoqda — tartib örnatiş, sanitariya şaroitlarini yaxşilaş, infratuzilmani yangilaş va umumiy xavfsizlik darajasini oşirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan taşqari, kelgusida joriy etiladigan raqamlaştirilgan tizim soliq tölovlarining şaffofligini ta’minlaş imkoniyatini yaratadi. Bu esa, öz navbatida, yaşirin iqtisodiyotning bozordagi ta’sirini kamaytirişga yordam beradi», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, tizimli qaror qabul qilinib, bozor xalqaro va zamonaviy şahar standartlariga mos holga keltirilmoqda.