AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset harbiy xarajatlarni qisqartiriş böyiça kampaniyasi doirasida yuqori qömondonlik xodimlari sonini qisqartirişga qaror qildi.

Hegsetning xizmat xatida qayd etilişiça, AQŞ armiyasidagi generallar va admirallar tarkibining kamida 20 foizi, Milliy gvardiya generallarining 20 foizi va Birlaşgan qömondonlikni qayta taşkil etiş doirasida generallar va admirallarning yana 10 foizi qisqartiriladi.

AQŞ Mudofaa vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarda keltirilişiça, 2025 yil 31 mart holatiga köra, mamlakat qurolli kuçlari tarkibida 38 nafar general va admiral mavjud. Ular orasida Boş ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi, quruqlikdagi qöşinlar ştabi boşliği, harbiy-dengiz operatsiya kuçlari boşliği, harbiy-havo kuçlar ştabi boşliği, şuningdek, AQŞ qurolli kuçlarining Afrika va Yevropa qömondonliklari boşliqlari hamda AQŞ QKning Koreyadagi qömondonligi boşliği ham bor.

Pit Hegset aynan kim lavozimdan olinişiga oydinlik kiritmagan.

Avvalroq Donald Tramp ma’muriyati bir neçta yuqori martabali harbiy xizmatçilarni lavozimdan olgandi. Ular orasida mudofaa vazirining katta yordamçisi general-leytenant Jyennifer Şort, Harbiy-dengiz kuçlari admirali Liza Franketti, şuningdek, sohilni qöriqlaş xizmati komendanti admiral Linda Fegan ham bor. Fevral oyida Donald Tramp Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi general Çarlz Braunni iste’foga jönatgandi.

Şuningdek, kelasi yili AQŞ harbiy budjeti mamlakat tarixida birinçi marta bir trillion dollardan oşadi. Oq uy «Oltin gumbaz» raketaga qarşi mudofaa tizimini yaratiş, kemalar quriş va yadroviy triadani mustahkamlaşni rejalaştirmoqda.