Kuzatuv kengaşi tarkibiga fintex, transformatsion liderlik, korporativ boşqaruv va strategik özgarişlar sohalarida yuqori professional obro‘ va tajribaga ega xalqaro mutaxassislar kiritilgan:

• Maykl Kouli – Cambridge Institute for Global Leadership prezidenti va boş ijroçi direktori, strategik yetakçilik va korporativ boşqaruv sohasida xalqaro tadqiqotçi, kitoblar muallifi va Garvard dasturlarining ma’ruzaçisi.

• Nargis Dustmatova – Özbekiston Fintex assotsiatsiyasi direktori, fintex ekotizimi, ta’lim taşabbuslari va raqamli innovatsiyalar rivoji böyiça ekspert. Mamlakatda moliyaviy texnologiyalarni faol tarğib qiladi, sohaning barqaror rivojlanişi va raqamli iqtisodiyotdagi inklyuzivlik tarafdoridir.

• Xurşid Zaynutdinov – KZ Consulting direktori, xalqaro maslahatçi, taşkilot rivoji va özgarişlar böyiça sertifikatlangan kouç, boşqaruv konsaltingi va mentorlik sohasida mutaxassis.

• Tarik Qureyşi – Xponential Group va Future Readiness Institute asosçisi va boş ijroçi direktori, raqamli transformatsiya va biznes kelajagi böyiça ekspert, ilgari Bloomberg Media va Dow Jones kompaniyalarining YeMeA mintaqasidagi rahbari bölgan, Garvard biznes maktabi bitiruvçisi.

• Mustafa Abdraxmanov – “NEW INDUSTRIAL TECHNOLOGIES” MÇJ boş direktori

Kuzatuv kengaşining asosiy vazifalaridan biri — kompaniya rivojlaniş strategiyasini işlab çiqiş va amalga oşirilişini nazorat qiliş, korporativ boşqaruvning xalqaro standartlarini joriy etiş, innovatsiyalar, ösiş va hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş masalalarida boşqaruv jamoasini qöllab-quvvatlaş hamda investorlar, hamkorlar, tartibga soluvçi organlar va jamoatçilik bilan samarali aloqalarni yölga qöyişdan iborat.

Kuzatuv kengaşining şakllantirilişi kompaniyaning barqaror va sifatli rivojlanişga intilişini aks ettiradi. Uning a’zolarining tajribasi va bilimlari PAYNET’ning strategik maqsadlarini yanada mustahkamlaş hamda tez rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotda samarali boşqaruvni ta’minlaşga xizmat qiladi.

Reklama huquqi asosida