Özbekiston TIV rahbari matbuot kotibi Ahror Burhonov özining Telegram kanalida yozişiça, ularning taşrifi Orolböyi mintaqasida 500 ga yaqin bemorlarga bepul diagnostika va davolaş xizmatlarini körsatiş, aholining soğligini mustahkamlaş va tibbiy yordamni kengaytiriş maqsadida amalga oşirildi.

Bu insonparvarlik missiyasi fuqarolarga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatini yaratdi. Barça işlar yuqori taşkiliy hamda tibbiy darajada olib borildi.

"Al-Amal" xalqaro jarrohlik guruhi mamlakatda beş kun davomida böldi.