Ikkinçi jahon uruşining 98 yoşli faxriysiga köra, Ilon Mask Yevropada öta öngçilarni qöllab-quvvatlaydi, bunga esa pulni avtomobil savdosidan oladi.

Britaniyalik Ikkinçi jahon uruşi faxriysi 98 yoşli Ken Tyorner «Şerman» tankiga ötirib, Tesla avtomobilini paçaqladi — bu tankdan uruş vaqtida mamlakat armiyasi tomonidan foydalanilgan.

Britaniyalikning hisoblaşiça, Ilon Mask Yevropada öta öngçilarni qöllab-quvvatlaydi, bunga esa pulni avtomobil savdosidan oladi.

Şu orqali uşbu «tomoşa» — AQŞ prezidentiga yaqin bölgan milliarderning siyosiy pozitsiyasiga qarşi öziga xos norozilik harakati hisoblanadi.

Fevral oyida Germaniya sobiq kansleri Olaf Şols AQŞ hukumati samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari milliarder Ilon Maskning Germaniyadagi saylov kampaniyasiga aralaşuvini tanqid qilgandi. «Demokratiya — Ilon Maskdan kuçliroq», deya ta’kidlagan Şols. U DOGE rahbari «Yevropada – nafaqat Germaniyada, balki boşqa köplab mamlakatlarda ham öta öng partiyalarni saylaşga çaqirayotganidan» xavotirda ekanini bildirgan edi.

Eslatib ötamiz, aprel oyida Tesla 2025 yilning birinçi çoragida daromadlar tuşib ketgani töğrisida hisobot bergan. Kompaniyaga köra, joriy yilning dastlabki uç oyida Tesla 409 million dollar işlab topgan — bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 71 foizga kam. Şu bilan birga, Maskning Hukumat samaradorligi departamenti rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgani ham kompaniya savdolariga salbiy ta’sir körsatayotganini bildirgan.