Jammu va Kaşmir poytaxti Srinagarda portlaş ovozlari eşitildi, deb xabar berdi hudud boş vaziri Umar Abdulla ijtimoiy tarmoqda. Bu haqda RBK xabar berdi.

«Bu öt oçişni töxtatiş rejimi emas. Srinagar markazidagi havo hujumidan mudofaa bölinmalari hozirgina öt oçdi», deb yozdi u.

The Indian Express xabariga köra, Pokiston çegara böylab bir qança joylarni öqqa tutgan va minomyotlardan öt oçgan. Xususan, naşr manbalariga köra, Udhampur şahri hujumga uçragan, Jammu va Kaşmir va Rajahstan ştatlarida dronlar kuzatilgan. Oqibatda Panjob ştati çegara hududlarida elektr energiyasi uzilib qolgan.

Hindiston taşqi işlar vaziri Vikram Misri sönggi bir neça soat içida Pokiston tomonidan «kelişuvni qayta-qayta buziş» sodir bölganini aytdi.

«Qurolli kuçlar bu qoidabuzarliklarga munosib javob bermoqda va biz buni juda jiddiy qabul qilamiz. Biz Pokistonni bu qonunbuzarliklarni bartaraf etiş uçun tegişli çoralar körişga hamda vaziyatga jiddiy va mas’uliyat bilan qaraşga çaqiramiz», dedi u va armiyaga «har qanday keyingi hujumlarning oldini oliş uçun mas’uliyat bilan» körsatma berilganini qöşimça qildi.

10 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 dan boşlab Hindiston va Pokiston örtasida öt oçişni töxtatiş rejimi e’lon qilindi. Bu haqda dastlab AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, keyinroq Nyu-Dehli va Islomobod tasdiqladi.

Hindiston va Pokiston örtasidagi mojaro 7 mayga ötar keçasi qizğin pallaga kirdi. Hodisaga Nyu-Dehli nazorati ostidagi, biroq Islomobod da’vo qilayotgan Jammu va Kaşmirdagi terakt sabab böldi. Hindiston Pokistonda joylaşgan «Laşkari-Toyba» taşkiloti bilan aloqador bölgan Qarşilik frontini (TRF) 26 kişini otib taşlaganlikda aybladi. Şuningdek, Nyu Dehli voqeaga Islomobod aloqador ekanini ta’kidladi, biroq, u buni rad etdi.