Xalqaro olimlar guruhi Marsning içki qatlamlarida suv mavjudligiga işora qiluvçi belgilarni aniqladi. Bu haqda Eurekalert saytida e’lon qilingan press-relizda söz boradi.
Qayd etilişiça, tadqiqot Xitoy Fanlar akademiyasining Geologiya va geofizika instituti, Avstraliya Milliy universiteti va Italiyaning Milandani Bikokka universiteti mutaxassislari tomonidan amalga oşirilgan.
Geofiziklar va geologlar NASA’ning InSight seysmometri orqali olingan ma’lumotlar asosida Marsdagi eng yirik meteorit zarbalari va sayyorada kuzatilgan silkinişlarni örganib çiqqan.
Tahlil natijalariga köra, sayyora yuzasidan 5,4 dan 8 kilometrgaça bölgan çuqurlikda tölqinlar harakatining sekinlaşişiga olib keladigan anomaliya aniqlangan. Bu mazkur oraliqda suyuq suv bor bölişi mumkinligini anglatadi. Olimlarning hisob-kitobiga köra, agar bu suv Mars yuzasi böylab teng taqsimlansa, uning balandligi 520 dan 780 metrgaça yetadi.
Tadqiqot mualliflari ta’kidlaşiça, örganişlar InSight moduli joylaşgan nuqtadagi seysmik tezliklar özgarişi asosida olib borilgan. Ularning sözlariga köra, aniqroq ma’lumot oliş uçun qöşimça missiyalar ötkazilişi zarur.
Olimlar, şuningdek, Mars ilgari suv bilan qoplanganini qayd etgan. Bu davr taxminan 3 milliard yil oldin tugagan. Suv Amazon davrida butunlay yöqolib ketgan. Geofiziklar suyuq suv mavjudligi Marsda hayot ehtimoli va insoniyat kelajagiga oid muhim savollarni yuzaga çiqarişini ta’kidlamoqda.
Bungaça Perseverance apparati Marsda ilgari suv mavjud bölganiga oid dalillarni topgan edi. Olimlar sayyora yuzasi ostida kamida ikki xil mineralning şakllaniş hodisasi sodir bölganini aniqlagan. Ulardan biri Mars yuzasiga yaqin, ikkinçisi esa çuqurroq joyda hosil bölgan. Bu esa Marsdagi suv tuproq jinslar orasiga çuqur kirib borganini anglatadi.












