IIVga köra, qidiruvda bölgan 51 yoşli Alişer Tursunov 8 may kuni Turkiyada uşlanib, 10 may kuni Özbekistonga deportatsiya qilingan.
“A.Tursunovning ta’sisligidagi axborot platformalari orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ma’lumotlarda, tegişli ekspertiza xulosalariga köra, Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga zid axborot mavjud bölganligi sababli, unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244 prim 1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) va 244 prim 3-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, olib kiriş yoki tarqatiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllandi.
Hozirgi kunda jinoyat işi doirasida tegişli tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi vazirlik axborotida.
Ijtimoiy tarmoqlarning özbek segmentida faol bölgan diniy ulamo – Özbekistonda bir neça yil faoliyat yuritgan Azon.uz va Azon TV kabi ma’rifiy loyihalar hamda bir neçta diniy kitoblar muallifi hisoblanadi.
Mubaşşir Ahmad bir neça yildan buyon Turkiyada istiqomat qilayotgan edi. U 2023 yil oxirida Turkiya politsiyasi tomonidan özi yaşab turgan uyidan jamoat xavfsizligiga tahdid gumoni bilan olib ketilgan, 55 kun deportatsiya markazida uşlab turilib, ayblovlar isbotini topmagani sabab 2024 yil fevralida qöyib yuborilgan edi.
Unga nisbatan Özbekistonda jinoyat işi oçilgani haqida joriy yil fevralida ma’lum bölgandi.







