Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Rossiyaga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, sanksiyalar bilan tahdid qildi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yaqin kunlarda Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa va unga rioya qilmasa, unga nisbatan sanksiyalar joriy etilishini aytdi. Fransiya rahbarining so‘zlarini La Repubblica keltirmoqda.
Makron Rossiyaga qarshi allaqachon «bir necha o‘nlab» sanksiyalar paketi joriy qilinganini ta’kidlab, «AQSh bilan kelishilgan holda, yaqin kunlarda Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llamoqchimiz», dedi.
Shu bilan birga, u muzlatilgan Rossiya aktivlarining xatlovga olinishiga qarshi chiqdi va buning uchun hech qanday «huquqiy baza» yo‘qligini ta’kidladi.
Rossiya va Ukraina o‘rtasida 15 may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarni sharhlar ekan, u «Ukrainada xavfsizligimiz o‘rtaga tikilgan. Biz quruqlikda, dengizda va havoda 30 kun davomida o‘t ochishni to‘xtatishni istaymiz», deb ta’kidladi.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklar Rossiya nazorati ostidagi barcha hududlarni qaytarib ololmasligini «aniq tushunishadi», biroq «janglar tugashi va Ukraina muzokaralarni boshlash uchun eng yaxshi holatda bo‘lishi kerak», bu esa «hududiy masalalarni hal qilishga imkon beradi».
Ukrainadagi o‘t ochishni to‘xtatishga to‘xtalib, Makron «buzilish bor yoki yo‘qligini, qayerda va qaysi tomondan ekanligini aniqlash» uchun unga rioya qilinishi AQSh va Yevropa tomonidan, xususan, sun’iy yo‘ldoshlar orqali kuzatilishini aytdi.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
18:03 / 19.05.2026
Qirg‘izistonda sanksiyalar tahdidi tufayli 50 ta korxona tugatildi
09:16 / 12.05.2026
YeI isroillik ko‘chmanchilarga qarshi yangi sanksiyalarni kelishib oldi
22:18 / 25.04.2026