15 may, payşanba kuni Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari boşlanişi kerak. Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan 14 may kuni uning formati «hali uzil-kesil belgilab olinmagani»ni aytgandi. Bu Moskva va Kiyev örtasida 2022 yil bahoridan buyon ilk muzokaralar bölişi kerak, öşanda tomonlar uruşning dastlabki haftalarida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişişga urinişgandi. 2025 yilda AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bosimi ostida Rossiya va Ukraina muloqot boşladi — ammo hozirga qadar bu töğridan töğri uçraşuv şaklida bölmadi: uruşayotgan tomonlarning vakillari alohida xonalarda ötirib, amerikaliklar vositaçiligida muzokaralar ötkazib keldi. Turkiyadagi muzokaralarga ham AQŞ delegatsiyasi taşrif buyuradi — ammo hozirça ular rossiyaliklar va ukrainlar uçraşuvida töğridan töğri iştirok etişi hozirça aniq emas.

Muzokaralarga Rossiyadan kim kelişi — noma’lum. Asosiy savol — RF prezidenti Vladimir Putin keliş yoki kelmasligi ham. Kremldagilar uşbu savolga javob berişdan, şuningdek, delegatsiya a’zolari tarkibini oşkor qilişdan qat’iyan boş tortmoqda. 13 may kungi brifingda RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu haqda «prezident qaçonki zarur deb hisoblaganda» e’lon qilinişini aytdi. Bir kun ötganidan keyin ham u «bu masalada heç qanday özgariş yöqligi» va «hozirça [delegatsiya tarkibini oçiqlaş] böyiça körsatma bölmagani»ni ma’lum qildi.

The Washington Post naşri 13 may kuni keçqurun «Kremlning şaxsi sir qolişini söragan sobiq yuqori martabali mulozimi»ga tayanib, Rossiya nomidan TIV rahbari Sergey Lavrov va Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov iştirok etişini ma’lum qildi, avvalroq bu haqda «Agenstvo» mustaqil naşri va Gulagu.net huquqni himoya qiliş loyihasi öz manbalariga tayanib xabar bergandi. Uşakovning özi 14 may kuni tuşdan keyin Istanbuldagi muzokaralarda qatnaşiş-qatnaşmasligi haqidagi savolga javob berişdan boş tortdi. «Kommersant» 14 may kuni keçqurun aniq manbani körsatmasdan Lavrov delegatsiyada bölmasligini yozdi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Turkiyaga uçişi aniq – u Putin muzokaralar böyiça öz taklifini aytişi bilanoq bu haqda ma’lum qilgandi. Ukraina prezidenti öt oçişni töxtatiş va «hammani hammaga» tamoyili böyiça asirlar almaşuvini muhokama qilmoqçi. Şu bilan birga, Zelenskiy Rossiya tomonidan şaxsan gaplaşişga tayyor bölgan yagona odam Putin ekanini ta’kidlagan.

Şu bilan birga, Zelenskiy dastlab Istanbulga emas, Anqaraga uçadi, u yerda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşadi va Putindan xabar kutadi. «RF şaharlar böyiça manipulyatsiya qilmasligi va Putin Anqaraga uçişga tayyor emasligi, faqat Istanbulga uçişini aytmasligi uçun men darhol şuni aytmoqçimanki, agar Putin Turkiya poytaxtiga emas, Istanbulga uçib kelsa, biz prezident Erdöğan bilan Istanbulga uçamiz», – dedi Zelenskiy.