Manzillar orasida Isroil yöq. Trampning Yaqin Şarqqa safari: xalqaro siyosat, milliardlar va şov-şuvli bayonotlar. Ammo miş-mişlarda aytilganidek Falastin davlatini tan oliş haqida hozirça gap-söz yöq.

Donald Tramp ikkinçi prezidentlik muddatida ham ilk xorijiy safarini Saudiya Arabistoniga amalga oşirdi. U yana ötmişdoşlaridan farqli ravişda Kanada yoki Meksika kabi yaqin qöşnilarni emas, balki neft va boylik markazi – Ar-Riyodni tanladi. Uni ayeroportda Saudiya valiahd şahzodasi, mamlakatning amalda birinçi raqamli odami Muhammad bin Salmon kutib oldi. Ular qirollik oilasining portretlari fonida rasmga tuşdi – bu ramziy jihatdan AQŞning Saudiyadagi hukmron sulolaga hurmatini körsatadi.

600 milliard dollarlik kelişuv

Eng muhim voqealardan biri Trampning Saudiya-Amerika investitsiya forumida iştirok etişi böldi. Ikki mamlakat yetakçilari huzurida köp milliardlik şartnomalar imzolandi. Donald Trampning sözlariga köra, Saudiya Arabistoni AQŞ iqtisodiyotiga jami 600 milliard dollar investitsiya kiritadi. Özaro hamkorlik texnologiyalar, energetika, infratuzilma, soğliqni saqlaş va mudofaa kabi sohalarni qamrab oladi.

Katta ehtimol bilan, 600 milliard dollar – börttirilgan raqam. Oçiqlangan kelişuvlarning jami qiymati bu summaning yarmiga ham bormaydi. Şu bilan birga, bitimlar orasida mudofaa sohasidagi kelişuvlarning qiymati tarixiy rekord ekani bilan ajralib turadi. Unga köra, AQŞ kompaniyalari qurol-yaroğlar va boşqa mudofaa texnologiyalarini yetkazib beriş böyiça saudlardan jami 142 milliard dollarlik buyurtmalarni olyapti. Bu Amerika tarixidagi eng yirik mudofaa bitimi sifatida e’tirof etildi.

Şu bilan birga, ayrim tahlilçilar bu kabi yirik miqdordagi bitimlarning amalda töliq amalga oşirilişiga şubha bilan qaramoqda, çunki ilgari e’lon qilingan şartnomalarning ba’zilari töliq bajarilmagan edi. Masalan 2017-yilda Tramp Saudiya Arabistoni bilan 110 milliard dollarlik qurol-yaroğ bitimini e’lon qilgan, bu kelişuv qiymati 10 yil davomida 350 milliard dollarga yetişi rejalaştirilgan edi. Lekin 2018-yilga kelib, bu bitim doirasida atigi 14,5 milliard dollarlik savdolar amalga oşirilgan, qolgan qismi esa turli sabablarga köra bajarilmagan.

Suriya, Qatar va BAA

Ar-Riyodda Donald Tramp, Muhammad bin Salmon va videoaloqa orqali Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan örtasida uç tomonlama muloqot bölib ötdi. Bu muloqotdan keyin AQŞ prezidenti Suriyaga nisbatan joriy etilgan asosiy sanksiyalarni olib taşlaşini e’lon qildi. Ertasiga Tramp va Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad aş-Şar’a örtasida ham ilk uçraşuv bölib ötdi.