Bugun siyosat va römolça haqida gaplaşamiz. Dezdemonaniki kabi maşhur bölmasa-da, oxirgi kunlarda dunyo siyosatini kuzatib boradiganlar tilidan tuşmayotgan bir martalik oddiy römolça haqida. Axir YouTube-lentamiz jiddiy videolarga tölib ketdi, biroz çalğiş uçun şunaqa qiziq narsalar ham berib boriş kerak, nima dedingiz?

Xullas, Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya yetakçilari Makron, Starmer va Mers 9 may kuni keçqurun poyezdda Kiyev tomon yöl olişdi. Şu tariqa yevrouçlik Ukrainani qöllaşda hamon sobitqadam ekanini körsatdi. Bir mahal poyezdda ketayotgan uç davlat yetakçisini suratga oliş uçun vagonga jurnalistlar kirişdi. Bostirib kirişmadi, albatta, reja böyiça kirişdi. Ular kirişi bilan Makron va Mers stol ustida turgan oq va somonsimon narsani berkitişdi.

Bu kadr tarqalgaç, çinakam töpolon boşlandi. Rossiya propagandasi Ukrainani qöllaşini bildiriş uçun Kiyevga borayotgan yevrouçlik liderlari kokain iste’mol qilgani haqida bong urdi. Oddiy jurnalistlar emas, Moskva rasmiylari şunday deb çiqişdi. Rossiya TIV rasmiysi Mariya Zaxarova videoni izohlay turib, Yevropa yetakçilarini giyohvand modda iste’mol qilganlikda aybladi.

«Zelenskiyni kelişuvni buziş va qon tökişni davom ettiriş böyiça navbatdagi dahşatli fitnaga itarib, latifada aytilganidek, fransuz, ingliz va nemis poyezdga ötirdi va... puflaşdi. Aftidan, şunçalikki, jurnalistlar kelgunça aşyolarni yiğiştirib qöyişni ham unutişgan. Yevropa taqdirini har jihatdan qaram bölgan vaqtinçalik rahbarlar hal qilmoqda», — deb yozdi Zaxarova öz kanalida.

Oxirgi vaqtlarda AQŞ bilan muzokaralarda tez-tez köriniş berayotgan, asli ukrainalik Rossiya töğridan töğri investitsiyalar fondi rahbari Kirill Dmitriyev ham video yuzasidan munosabat bildirgan. «Bu kadrlar sun’iy intellektda qilinganmi yoki haqiqiymi? Agar haqiqiy bölsa, biz nimani kördik — şakarmi yoki mutlaqo boşqa narsanimi? Agar boşqa narsa bölsa, bu sönggi vaqtlarda yangragan köplab ğoyalar va takliflarni izohlaydi», — deb yozdi Dmitriyev X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.

Yevropada nima deyişdi?

Yevropada avvaliga bu holatga şunçaki kulgi bilan qaray boşlaşgandi, lekin Rossiya rasmiylaridan jiddiy ayblovlar yangragaç, hatto rasmiy Parij munosabat bildirişga majbur böldi.

Liberation naşri AFP va Associated Press agentliklari tomonidan olingan yuqori sifatli videoyozuv va fotosuratlarda oq kukunli paket ekani aytilgan aşyo — aslida burun artiladigan va ğijimlangan daströmol, somonça şaklidagi buyum esa qoşiqça yoki tiş kavlagiç ekani haqida yozdi. Aslida oddiy çiqindi bölsa-da, bu buyumlarning yaqindan olingan suratlari paydo böla boşladi. Hamma öşa çiqindilarni muhokama qilişga kirişdi.