2025 yil 1 avgustga qadar oliy ta’lim taşkilotlarining öziga xos brendini şakllantiriş böyiça ustuvor yönalişlar işlab çiqiş belgilangan. Jumladan:
oliy ta’lim taşkilotining tarixiy rivojlaniş xususiyatlari, ijtimoiy vazifasi va hozirgi zamon talablari asosida noyob imij va brend konsepsiyasini işlab çiqiş;
ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari, xalqaro hamkorlik, bitiruvçilarining muvaffaqiyatli faoliyati asosida imij va obröni oşiriş;
media va raqamli kommunikatsiyalar, marketing va PR strategiyalarini samarali yölga qöyiş;
har bir oliy ta’lim taşkilotining öz ramzlari, logotipi, şiori, taşrif qoğozi, radiosi, sport klublari, teatr studiyalari, internet platformalari va boşqa kommunikatsiya vositalari orqali öziga xosligini ta’minlaş.
Bunda, har bir oliy ta’lim taşkiloti xususiyati, ilmiy va ta’lim sohasidagi yutuqlari, innovatsion yönalişlaridan kelib çiqib oliy ta’lim taşkiloti logotipi va vizual identifikatsiyasini (suvenir, kanstovar mahsulotlari, turli xildagi buyumlar, sport va boşqa kiyimlar) yaratadi.
Har bir oliy ta’lim taşkiloti öz brendi aks ettirilgan (suvenir, kanstovar mahsulotlari, turli xildagi buyumlar, sport va boşqa kiyimlar) buyumlarni işlab çiqaruvçi taşkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda oliy ta’lim taşkilotining özida ularning savdo şoxobçalarini taşkil etadi.












