Ukrainadagi tinçlik jarayoni Donald Tramp va Vladimir Putin örtasidagi uçraşuvdan keyingina boşlanadi, dedi AQŞ davlat kotibi Marko Rubio 16 may, juma kuni. «Bu qaçon va qayerda bölişini bilmayman, ammo bu hozirça yagona imkoniyat. (...) Biz bir neça oylik iş davomida bilib oldikki, prezident Tramp Vladimir Putin bilan bir stolga ötirmagunça heç narsa bölmaydi», dedi u Fox News efirida.

Vladimir Putinning Istanbulda Ukraina tomoni bilan töğridan töğri muzokaralarda qatnaşişdan boş tortganiga izoh berar ekan, Donald Tramp ham uning Rossiya prezidenti bilan uçraşuvisiz Ukrainadagi vaziyatni tinç yöl bilan hal qiliş böyiça muzokaralarda oldinga siljiş bölmasligini ta’kidladi. «Şubhasiz, u (Putin) bormoqçi emas edi. U buni qilmoqçi edi, lekin men boraman deb öylagandi. Men bölmaganim uçun u bormadi», — dedi Tramp Qatardan BAAga uçayotgan prezidentning Air Force One samolyoti bortida jurnalistlarga.

Oq uy rahbarining sözlariga köra, bu uçraşuv imkon qadar tezroq bölib ötişi kerak, «çunki juda köp odam nobud bölmoqda». Putinning Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibiga kiritilmaganidan hafsala pir böldimi, degan savolga AQŞ prezidenti: «Mening umuman hafsalam pir bölmadi», deb javob berdi. U Ukraina bilan muzokaralar ötkaziş uçun Turkiyaga yuborilgan Rossiya delegatsiyasi a’zolari haqida «ma’lumot olmaganini» ta’kidladi.

Rossiya-Ukraina muzokaralari oldidan Donald Tramp, agar bu yordam bersa va har ikki yetakçi – Rossiya va Ukraina Istanbulga kelsa, Yaqin Şarqqa safarini töxtatiş mumkinligini inkor etmadi.