AQŞ barça davlatlar bilan savdo şartlari böyiça kelişa olmaydi, şu bois tez orada Vaşington import bojlarining yangi stavkasini e’lon qiladi, deydi Donald Tramp. Şu bilan birga, aprel oxirlarida u ikki yuzta savdo bitimini tuzmoqçi ekanini aytgandi.
Trampning sözlariga köra, AQŞning savdo şeriklari uçun bojlar «yaqin ikki-uç haftada» belgilanadi. Uning aytişiça, moliya vaziri Skott Bessent va savdo vaziri Govard Lyutnik «odamlarga AQŞda biznes yuritiş uçun qança tölaşlari kerakligini tuşuntirib beradigan xatlarni yuborgan». «Biz juda adolatli bölamiz deb öylayman», — deydi prezident.
Trampning qöşimça qilişiça, «bitim imzolaşni xohlayotgan 150 ta mamlakat» bor. U qança davlat yangi tariflar böyiça xatlarni olişiga oydinlik kiritmagan.
«Men barça bitimlarni imzoladim. 200 ta bitim imzoladim», — degandi Tramp aprel oyida. Öşanda ham u gap qaysi davlatlar haqida ketayotganiga oydinlik kiritişdan boş tortgan edi.
Hozirça rasman faqat bitta bitim haqida ma’lum: 8 may kuni AQŞ va Buyuk Britaniya savdo bitimi tuzganliklarini e’lon qilgandi. Biroq bu töliq savdo kelişuvi emas — köplab bojlari özgarişsiz qolgan; tomonlar faqat avtomobil, pölat va alyuminiy, qişloq xöjaligi mahsulotlari kabi sohalarda ayrim bojlardan voz keçiş yoki ularni kamaytirişga kelişib olgan.
Tramp 2 aprel kuni barça davlatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 10 foiz boj joriy qilgandi, taxminan 60 ta davlat uçun esa yanada yuqori stavkalarni belgilagan. Oradan bir kun ötib, boşqa davlatlar bilan yangi savdo şartlarini muhokama qiliş imkoniyati bölişi uçun u bojlar joriy etilişini 90 kunga keçiktirgandi.












