«Bolalar uçun möljallangan milliy kontentlar yaratiş va ularni ommalaştirişni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, respublikada bolalar uçun möljallangan milliy kontentlar işlab çiqariş hamda ularni ommalaştirişning ustuvor yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:
- bolalarda soğlom turmuş tarzi könikmasi, tabiatni asrab-avaylaş, milliy qadriyatlarga hurmat va ona Vatanga sadoqat hissini tarbiyalaşga xizmat qiluvçi kontentlar yaratiş;
- bolalar uçun xavfsiz axborot muhitini yaratiş;
- ota-onalar va bolalarni internet tarmoğidagi axborotlarni töğri baholaşga hamda xavfli kontentlarni aniqlaşga yönaltiruvçi mexanizmlarni işlab çiqiş.
Qarorga asosan, bolalar uçun möljallangan kontentlar yaratişdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini taşkil etgan yuridik şaxslar 2025 yil 1 iyuldan 2030 yil 1 yanvarga qadar:
- foyda soliği tölaşdan ozod qilinadi;
- ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida tölaydi;
- yuridik şaxslarga bolalar uçun möljallangan kontentlar yaratiş bilan boğliq bölgan xarajatlarini foyda soliğini hisoblaşda çegirib taşlaş huquqi beriladi.
Bolalar uçun möljallangan kontentlar yaratiş yönalişida yuqori malakali kadrlar tayyorlaş maqsadida har yili «El-yurt umidi» jamğarmasi tomonidan jahondagi yetakçi oliy ta’lim taşkilotlarida bakalavriat dasturlari böyiça kadrlar tayyorlaş uçun 5 ta kvota ajratiladi.













