Telegram asosçisi Pavel Durov Ğarbiy Yevropa davlatlaridan birining 18 may, yakşanba kuni prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçi bölib ötgan Ruminiyada «konservativ ovozlarni öçiriş» haqidagi iltimosini rad etganini aytdi.

«Ğarbiy Yevropa hukumati (öylab köring, qaysi biri) bugungi prezidentlik saylovlari oldidan Ruminiyadagi konservativ ovozlarni öçirişni Telegramʼdan söradi. Men qat’iyan rad etdim. Telegram ruminiyalik foydalanuvçilarning erkinliklarini çeklamaydi va ularning siyosiy kanallarini bloklamaydi», — deb yozdi messenjer yaratuvçisi özining Telegram-kanalida.

Durov qaysi hukumat haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi, biroq «öylab köring, qaysi biri» sözlarini baget şaklidagi emodzi bilan tasvirladi, buni Fransiyaga işora sifatida talqin qiliş mumkin. Keyinçalik tadbirkorning aytişiça, şu yilning bahorida u Fransiya Taşqi razvedka boş boşqarmasi boşliği Nikolya Lernerning «saylovlar oldidan Ruminiyada konservativ ovozlarni taqiqlaş» haqidagi iltimosini rad etgan.

«Demokratiyani yöq qiliş orqali «demokratiyani himoya qiliş»mumkin emas. Saylovlarga aralaşiş orqali «saylov aralaşuviga qarşi» kuraşa olmaysiz. Sizda söz erkinligi va adolatli saylovlar yoki bor, yoki yöq. Ruminiya xalqi esa ikkalasiga ham munosib», — deya ta’kidladi u.