Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan işlab çiqilgan qaror loyihasiga köra, Mehnat kodeksiga muvofiq, şuningdek, soğliğiga hamda ma’naviy kamol topişiga ziyon yetkazmaydigan, öqitiş jarayonini buzmaydigan yengil mehnatni öqişdan böş vaqtida bajarişi mumkin bölgan umumiy örta, örta maxsus, professional ta’lim taşkilotlari öquvçilarining mehnat huquqlarini ta’minlaş maqsadida ularning mehnat qilişi mumkin bölgan yengil turdagi işlar va kasblar röyxati tuzildi.
Röyxatda 40 ta işlar va kasblar nomlari keltirilgan. Xususan, öquvçilar ofitsiant, sotuvçi, sartaroş, buyumlarni qölda taxlovçi-qadoqlovçi, dehqon xöjaligi a’zosi, yukçi bölib işlaşi mumkin.
Bunda, 16 yoşdan 18 yoşgaça bölgan xodimlarning iş vaqti faqat yuklarni qölda kötariş va taşiş bilan boğliq bölgan işlardan iborat bölganda, ular uçun yuk kötariş va taşiş normasining çegarasi 4,1 kilodan oğir bölmasligi, şuningdek ular aravaça va vagonetka yordamida yuk taşişlariga jalb etilmasligi lozim.
16 yoşgaça bölgan voyaga yetmaganlar iş vaqtining uçdan bir qismi yuklarni qölda kötariş va taşiş bilan boğliq işlardan iborat bölganda, qölda yuk kötariş va taşiş normalarining çegarasi öğil bolalar uçun — 6,5 kilo, qiz bolalar uçun — 3,5 kilodan oğir bölmasligi lozim
18 yoşga tölmagan şaxslar oğir işlarga hamda zararli va xavfli mehnat şaroiti mavjud işlarga qabul qilinmasligi lozim.













