O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursida biroz noodatiy volatillik kuzatilmoqda.

O‘tgan hafta dushanba–chorshanba kunlaridagi savdolar yakuni bo‘yicha kurs 99,81 so‘mga oshib, 12 980 so‘mga yetgandi. Shundan keyingi uchta savdo kunida dollar umumiy hisobda 122,01 so‘m qiymatini yo‘qotdi.

Xususan, 19 may kungi savdolardan keyin Markaziy bank rasmiy kursni 12 858,15 so‘m (–58,95 so‘m) deb belgiladi.

Shu tariqa, 20 may kuni – 2024 yil 6 dekabridan keyingi davr uchun minimal rasmiy kurs amalda bo‘ladi.

Amerika valutasi 19 may kuni banklarda 12 920 – 12 980 so‘m oraliq diapazonda sotildi. Banklar dollarni 12 795 – 12 910 so‘m oraliqdagi kurslarda sotib oldi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda AQSh dollarining kursi talab (import) va taklif (eksport, pul o‘tkazmalari, tashqi qarzlar, investitsiyalar) muvozanati, shuningdek, Markaziy bankning monetar siyosatiga bog‘liq. Talab va taklif hajmining o‘zgarishiga, xususan, global iqtisodiy omillar ham ta’sir qiladi.