2025 yilga möljallangan budjet (*.pdf) parametrlarida dollar kursi örtaça yillik 13250 sömdan hisoblangan. Bunga iqtisodçi-bloger Otabek Bakirov e’tibor qaratdi.

Qayd qilinişiça, 2025 yilda YaIM hajmi 1629 trln sömga yoki dollar ekvivalentida 123 mlrd dollarga yetişi maqsad qilingan. Bu va boşqa hisob-kitoblarda AQŞ dollarining sömga nisbatan örtaça yillik qiymati 13250 sömdan kiritilgan (2026 yil uçun 13725 söm, 2027 yil uçun 14150 söm).

Uning ta’kidlaşiça, 2023 yil uçun norasmiy va yaşirin iqtisodiyot qöşilib qayta baholangan YaIM hajmi 101,5 mlrd dollar miqdorida körsatilgan, 2022 yil uçun ham qayta hisoblangan.

Avvalroq, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yilda soliq siyosatida qanday özgarişlarni rejalaştirgani haqida xabar berilgan edi.