Xitoyda itlar uçun birinçi fitnes-markaz oçildi, deb xabar beradi South China Morning Post.

Şanxayda tez orada itlar uçun möljallangan birinçi maşğulot zali — Gogogym iş boşlaydi. Ayni vaqtda u köplab uy hayvonlari egalari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining qiziqişiga sabab bölmoqda.

Qayd etilişiça, uşbu innovatsion markaz Singapurning hayvonlar salomatligiga ixtisoslaşgan Heal Petcare kompaniyasi tomonidan taşkil etilgan. Fitnes-majmua nafaqat maşğulotlar, balki hayvonlar salomatligi uçun kompleks yondaşuvlarni ham taqdim etadi. Markazdan quyidagilar örin oladi: itlar uçun yuguriş yölagiga ega fitnes zona, spa va reabilitatsiya zonasi, massaj uçun xona, hayvonlar uçun savdo dökoni.

Markaz xodimlarining sözlariga köra, bunday muassasani oçişdan maqsad — muntazam jismoniy yuklamalar orqali hayvonlar salomatligini ta’minlaş, kasalliklar profilaktikasi va jarohatdan keyingi reabilitatsiya yordamlarini körsatişdan iborat.

Ekspertlarning ta’kidlaşiça, mazkur loyiha Xitoyda bugungi kunda 10 milliardlab dollarga baholanayotgan uy hayvonlari sohasining jadal sur’atlarda ösib borayotganiga yana bir dalil bölmoqda.