Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Jahon iqtisodiy holati va prognozlari hisobotini e’lon qildi. Unda aytilişiça, global iqtisodiyot xavfli buriliş nuqtasiga kelib qolgan. Kuçayib borayotgan savdo tarangliklari va siyosiy noaniqliklar tufayli, ayniqsa AQŞ tomonidan joriy etilgan yangi tariflar sababli işlab çiqariş xarajatlarining keskin oşişi, global ta’minot zanjirlarining izdan çiqişi va moliyaviy bozorlarning beqarorlaşuvi xavfi yuzaga kelmoqda.
Savdo va iqtisodiy siyosat borasidagi noaniqlik, geosiyosiy beqarorlik bilan birgalikda, korxonalarni muhim investitsion qarorlarni keçiktirişga yoki qisqartirişga undamoqda.
Bu esa allaqaçon mavjud bölgan yuqori darajadagi qarzdorlik va sust mahsuldorlik kabi muammolarni yanada çuqurlaştirib, global iqtisodiy ösiş istiqbollarini zaiflaştiryapti.
Iqtisodiy ösiş pasayadi
Jahon yalpi içki mahsuloti (YaIM) ösişi 2025 yilda atigi 2,4 foiz bölişi kutilmoqda. Bu – 2024 yildagi 2,9 foizlik körsatkiçdan, şuningdek, 2025 yil yanvardagi prognozdan 0,4 foiz bandga past.
Global ösişning sekinlaşuvi, inflatsiya bosimi yuqoriligi va savdo-sotiqdagi muammolar, xususan, savdo ösişining 2024 yildagi 3,3 foizdan 2025 yilda 1,6 foizga tuşişi kutilayotgani — Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişni jiddiy xavf ostiga qöymoqda.
Ösiş istiqbollarining keng kölamda yomonlaşuvi
Bu sekinlaşuv rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni birdek qamrab olmoqda.
AQŞda iqtisodiy ösiş keskin sekinlaşib, 2024 yildagi 2,8 foizdan 2025 yilda 1,6 foizgaça pasayişi kutilyapti. Bunda yuqori tariflar va siyosiy noaniqlik xususiy investitsiyalar va iste’molga ötkazayotgan bosim asosiy omil böladi.
Yevropa Ittifoqida esa YaIM ösişi 2025 yilda 1 foiz atrofida saqlanib qoladi – bu eksportning sustligi va savdo tösiqlarining ortişi sababli, 2024 yil darajasidan farq qilmaydi.
Xitoyda esa iste’molçilarning işonçsizligi, eksportga yönaltirilgan işlab çiqarişdagi uzilişlar va köçmas mulk sektoridagi davom etayotgan muammolar fonida ösiş 4,6 foizgaça pasayadi.
Braziliya, Meksika va Janubiy Afrika kabi bir qança yirik rivojlanayotgan mamlakatlar ham susaygan savdo-sotiq, kamaygan investitsiyalar va tovar narxlarining tuşib ketişi sababli ösiş prognozlarini pasaytirmoqda.

















