Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlari 2030 yil 1 yanvarga qadar yer solig‘ini to‘lashdan ozod etildi.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari 2027 yil 1 yanvarga qadar quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:

• foyda solig‘i – bino va inshootlar, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha;
• mol-mulk solig‘i va yer solig‘i – ijaraga berilgan obektlar va ular egallab turgan yer uchastkalari bo‘yicha.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.05.2025 yildan kuchga kirdi.