Isroil Oliy sudi mamlakat hukumatining Boş xavfsizlik xizmati (ŞABAK) rahbari Ronen Barning lavozimdan olinişini «noqonuniy» deb topdi.
Sudning fikriça, boş vazir Binyamin Netanyahuning Ronen Barni işdan böşatiş töğrisidagi qaroriga manfaatlar töqnaşuvi ta’sir körsatgan bölişi mumkin. Çunki ŞABAK «Katergeyt» nomli iş — Netanyahuining yaqin maslahatçilariga nisbatan antikorrupsiya tergovi bilan şuğullangan.
Oliy sudning ma’lum qilişiça, Ronen Barning iste’fosiga oid qaror «asossiz» va rasmiy eşituvlar ötkazilmasdan qabul qilingan.
16 mart kuni Binyamin Netanyahu Barni lavozimdan olmoqçi ekanini e’lon qildi, Vazirlar Mahkamasi uşbu qarorni qöllab-quvvatladi. Şundan söng, Oliy sud uning işdan böşatilişga qarşi petitsiyani körib çiqdi va boş vazir qarorini vaqtinça blokladi. Barning özi iste’fosiga «Katargeyt» sabab bölganini bildirgan. Ammo 28 aprel kuni Ronen Barning özi iste’fo berdi. Sudning 21 may kungi bayonotida keltirilişiça, dastlabki iste’foga çiqariş qarori noqonuniy deb topilgan bölsada, yuqoridagi sabab tufayli heç qanday çora körmaydi.
«ŞABAK» Isroilda içki xavfsizlikni ta’minlaydi va kontrrazvedka bilan şuğullanadi. Roner Bar «ŞABAK»ning hukumat lavozimdan olişga uringan birinçi rahbari hisoblanardi.
Uşbu taşkilot 2023 yilda Isroilga uyuştirilgan hujumdan keyin tanqidlarga uçragan edi. Maxsus xizmat faoliyatiga oid hisobotda qayd etilişiça, «ŞABAK» hujumga tayyorgarlik körilayotgani böyiça signallar olgan, ammo bunga qarşi jiddiy çoralar körmagan.









