22 yoşli misrlik Muhammad Radvan Senusiyning oilasi uning Rossiyadan jangçi emas, şifokor bölib qaytişini orzu qilgan. Öğlining Ukraina bilan uruşiş uçun Rossiya armiyasiga ketişi uning qarindoşlarini karaxt holatiga tuşirdi.

«Bu haqda rasman ma’lum qilişganda, men bu xabardan barça kabi şokka tuşdim. Endi nima qiliş kerakligi va öğlim bilan qanday qilib bunday bölişi mumkinligini aqlimga siğdirolmayman. Nega aynan u bilan?» – deydi Muhammadning onasi BBC Ukraina xizmatiga.

22 yoşli Muhammad mamlakat janubiga yaqin bölgan Luksor viloyatining Al-Maris qişloğida tuğilgan.

Joriy yilning aprel oyida Misr hukumati Muhammad Radvan Senusiy «xorijiy davlatda harbiy xizmatga kirgani uçun» Misr fuqaroligidan mahrum etilganini e’lon qildi.

Muhammad Radvan Senusiy fuqarolikdan mahrum etilişi haqidagi qaror surati Misr hukumati rasmiy naşrida çop etilgan

Tibbiyotçi talabadan yollanma jangçilikka

Muhammad Rossiyaga 2021 yilda tibbiyotni örganiş uçun kelgandi. Qarindoşlari u bilan juda faxrlanar hamda uning kelajagi porloq ekaniga çin dildan işonişardi.

Bugun ular u qanday qilib va nima uçun uruşga borgani hamda Ukraina asirligiga tuşib qolganini tuşunişmayapti.

Muhammadning otasining feysbuk sahifasidagi surat

Muhammadning otasi feysbukdagi sahifasida öğli «rossiyaliklar qurboni bölgani», çunki Rossiya hukumati uni göyoki giyohvand moddalarni saqlaş böyiça yolğon ayblov bilan hibsga olgani, keyin esa armiyaga yollaganini yozgan.

Ota öğliga yordam beriş uçun turli davlat idoralari ostonasini bir neça bor hatlab ötgani, ammo barça urinişlari muvaffaqiyatsiz bölganini aytadi.

Yakunda Rossiya sudi misrlik talabani yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş böyiça hukm çiqaradi. Şundan buyon oila u haqida heç qanday ma’lumot olmaydi.