Samarqand şahri prokurori Boburmirzo Oblaqulov boşqa işga ötgani munosabati bilan lavozimdan ozod etildi. Bu haqda şahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Samarqand viloyati prokurori Murodqosim Eşnazarov va Samarqand şahar hokimi Fazliddin Umarov tomonidan jinoyatçilik hamda huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan işlar, qonunçilikka rioya qiliş masalalariga bağişlangan uçraşuv bölib ötgan.
Unda viloyat prokurori köp yillar şahar prokurori bölib faoliyat olib borgan Boburmirzo Oblaqulov boşqa işga ötganini ma’lum qilgan. Şu munosabat bilan Samarqand şahar prokurori etib tayinlangan adliya maslahatçisi Baxtiyor Normatovni jamoaga taniştirgan.
Baxtiyor Normatov tayinlovga qadar Narpay tumani prokurori vazifasida faoliyat yuritgan.
Eslatib ötamiz, Boburmirzo Oblaqulov 2019—2022 yillar davomida Samarqand şahri hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.












