AQŞ prezidenti Donald Tramp 22 may kuni Oq uydagi Oval kabinetda Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) prezidenti Siril Ramafosani qabul qildi. Köplab televizion tarmoqlarda namoyiş etilgan uçraşuv oqtanli janubiy afrikaliklarga qarşi «genotsid» haqidagi obrösizlantiruvçi da’volar tufayli tezda bahsga aylandi, deb xabar berdi BBC.

Ikki prezident örtasidagi uçraşuv tinç boşlandi: Tramp va Ramafosa AQŞ prezidentining asosiy qiziqişlaridan biri bölgan golfni muhokama qildi. Ramafosa, şuningdek, Trampga Janubiy Afrikadagi golf maydonlari aks etgan 14 kilogrammli kitobni olib kelganini aytdi. Şu bilan birga u Trampga pandemiya davrida yordam bergani uçun minnatdorçilik bildirdi.

Biroq vaziyat juda tez özgardi: suhbatga Trampning maslahatçisi, milliarder Ilon Mask qöşildi va asosiy mavzu afrikanerlar – Janubiy Afrikadagi golland va fransuz köçmançilarining oqtanli avlodlari «genotsidi» masalasiga aylandi.

Donald Tramp Oval kabinetda yiğilganlarga bir neçta videoni körsatdi. Ulardan biri janubiy afrikalik muxolif siyosatçi Julius Malema haqida edi. U «burni otib taşla» misralarini öz içiga olgan qöşiqni ijro qildi. Janubiy Afrikada oq fermerlar «bur» deb ataladi. Ikkinçi video, ta’kidlanişiça, oqtanli fermerlar dafn etilgan joylar haqida edi.

«Bu dahşatli manzara, men heç qaçon bunaqasini körmaganman», dedi Tramp video ijro etilayotganda.

AQŞ prezidenti, şuningdek, öldirilgan janubiy afrikalik oqtanlilarning fotosuratlarini ham körsatdi.

Oval kabinetda bölgan BBC muxbiri kenja Bernd Debusman sözlariga köra, aftidan Tramp bu uçraşuvga oldindan puxta tayyorgarlik körgan va Ramafosa tuzoqqa tuşib qolgan.

Voqea köpçilikka fevral oyi oxirida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bölgan uçraşuvni eslatdi, unda ham kutilmagan hodisa yuz bergan edi.

Foto: Reuters

Keskin va ayblovçi ritorikaga qaramay, Siril Ramafosa matbuot anjumani oxirigaça özini xotirjam tutdi.

Dafn qilingan joy videosini körsatiş çoğida Janubiy Afrika prezidenti bu lavha qayerda suratga olinganini söradi va buni ilgari heç qaçon körmaganini ta’kidladi. U, şuningdek, Julius Malemaning ritorikasini qoralab, muxolifatdagi siyosatçining bayonotlari va harakatlari öz mamlakati rasmiy pozitsiyasini aks ettirmasligini ta’kidladi.