2026 yil 1 yanvardan majburiy raqamli markirovkalaş qoidalarini buziş holatlarini soliq organlarining axborot tizimi orqali aniqlaş böyiça masofaviy soliq tekşiruvini ötkaziş tartibi joriy etiladi. Bunda:

  • tekşiriş huquqini beruvçi maxsus guvohnoma oliş talab etilmaydi;
  • majburiy raqamli markirovkalaş qoidalarini buziş holatlari aniqlanganda qoidabuzarliklarni bartaraf etiş töğrisida ogohlantiriş beriladi;
  • 2-marta ogohlantiriş berilgandan söng qoidabuzarlik holatlari aniqlanganda belgilangan miqdorlarda jarima qöllanadi;
  • jarima qöllangan tadbirkorlarga 1 yil davomida QQS summasining örni qoplanmaydi.

2025 yil 1 sentabrdan farmatsevtika faoliyati hamda dori vositalari va tibbiy buyumlarni çakana realizatsiya qiliş faoliyati böyiça yangidan taşkil etilgan sub’yektlarga litsenziya berişda quyidagi qöşimça şartlar kiritiladi: 

  • faoliyatini amalga oşiriş uçun köçmas mulk böyiça ijara yoki tekin foydalaniş şartnomasi soliq organlarida hisobga qöyilgani;
  • dori vositalarini realizatsiya qilişda xaridorlardan tölovlarni qabul qiliş böyiça elektron tölov vositalaridan foydalaniş imkoniyati yaratilgani.