Rossiya qurolli kuçlari bir neça kundan buyon ketma-ket Kiyev va boşqa Ukraina şaharlari ustiga dronlar va raketalar bilan hujum uyuştirmoqda. AQŞ prezidenti Donald Tramp bu hujumlar borasida töxtalib, sabr-toqatini yöqotayotganini yozdi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «telba» deb atadi.
«Men har doim Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan juda yaxşi munosabatda bölganman, ammo u bilan nimadir sodir böldi. U mutlaqo TELBA bölib qoldi! U behudaga köp odamlarni öldiryapti — bu yerda gap faqat askarlar haqida emas. Heç qanday sabab bölmasdan Ukraina şaharlari ustiga raketalar va dronlar uçirilmoqda», – deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
AQŞ prezidenti Putin butun Ukrainani bosib olmoqçi ekanini, biroq agar u buni amalga oşirsa, bu Rossiyaning qulaşiga olib kelişini qöşimça qilgan.
Tramp, şuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham öz mamlakatiga foyda keltirmaydigan tarzda gapirayotgani va u buni töxtatişi kerakligini aytgan:
«Xuddi şuningdek, prezident Zelenskiy ham öz mamlakatiga foyda keltirmaydigan tarzda gapiryapti. Oğzidan çiqqan har bir söz muammo tuğdirmoqda. Bu menga yoqmaydi va bu darhol töxtaşi kerak.
Agar men prezident bölganimda, bu uruş heç qaçon boşlanmas edi. Bu – Zelenskiyning, Putinning va Baydenning uruşi, «Trampniki» emas. Men faqat juda yirik va jirkanç yonğinlarni öçirişga harakat qilyapman – bular mutlaqo loqaydlik va nafrat tufayli boşlangan».
Zelenskiy yakşanba kuni Rossiyaning yangi hujumlari fonida AQŞ va boşqa davlatlarning «sukut saqlayotganini» tanqid qilgan edi.
Rossiya harbiylari 25 mayga ötar keçasi Ukraina böylab ballistik raketalar va dronlar qöllagan holda yopirilma hujum amalga oşirgan edi. Ukraina tomoni uşbu hujumni eng yirik havo hujumlaridan biri deb atadi. Unda 300 ga yaqin dron va 70 ta raketa qöllangan.
Zarbalar oqibatida mamlakat böylab kamida 12 kişi halok bölib, 60 dan ortiq kişi yaralangan. Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatiga köra, 13 region zarbalar ostida qolgan.










