Toşkent şahridagi quruvçi firmalardan uy uçun şartnoma olib, uzoq muddatga bölib tölaş şarti bilan xaridorlarga «sotib» kelgan «Credit House» va «In Fin Stroy Invest» MÇJ işi böyiça tezkor maxsus ştab tuzildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, «Credit House» va «In Fin Stroy Invest» MÇJlar mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qözğatilgan jinoyat işi IIV huzuridagi Tergov departamenti iş yurituviga olingan.
“Mazkur jinoyat işi doirasida 800 nafar fuqaro jabrlanuvçi deb topilgan bölib, umumiy 209 mlrd 263 mln söm zarar aniqlangan. Işga aloqador 5 nafar şaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, tergov harakatlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Qöşimça qilinişiça, hozirda, içki işlar vazirining örinbosari polkovnik Ramazon Aşropov boşçiligida tegişli mutaxassislar jalb etilgan holda maxsus tezkor ştab tuzilgan. Tezkor ştab IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlaş departamenti binosida har kuni soat 9:00 dan 21:00 ga qadar iş olib bormoqda.
Tergovni har tomonlama töliq amalga oşiriş uçun «Credit House» va «In Fin Stroy Invest» MÇJlar faoliyatidan jabrlangan fuqarolar tezkor ştabga murojaat qilişlari söralgan.
Manzil: Taras Şevçenko köçasi, 62.
Telefon: (71)231-31-45)
Kun.uz oldinroq «Credit House» işi va buning boşida turgan Dmitriy Bajyenov haqida suriştiruvlar e’lon qilgandi.












