2025 yilning eng yirik firibgarlik işi – “Credit House” va “In Fin Stroy” mansabdorlariga nisbatan sud davom etyapti. Prokuror sudlanuvçilarga ayblovni e’lon qildi. Jabrlanuvçilarning bir qismi söroq qilindi. Jurnalistlarning sud majlislarini video hamda audioga yozib olişi çeklab qöyildi. Prokuror Sevara Saidjonovaning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, jinoyat işi böyiça umumiy zarar summasi hamon aniq emas.

6 yanvar kuni Jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudida odamlarga “oson şartlarda” quruvçi firmalar orqali uy olib berişni va’da qilgan “Credit House” va “In Fin Stroy” MÇJlari bilan boğliq jinoyat işi böyiça navbatdagi sud majlisi bölib ötdi.

Sudlanuvçilardan birining advokati bergan iltimosnomasi va uni quvvatlagan prokurorning talabi bilan sud majlislari OAV vakillari tomonidan audio hamda videoga yozib olinişi çeklandi.

Sud majlisida prokuror Sevara Saidjonova 9 nafar sudlanuvçiga nisbatan ayblovlarni öqib eşittirdi.

Sud işiga raislik qiluvçi Bahodir Qayumov sudlanuvçilarga yuzlanib, qöyilgan ayblovlarni tan olişi yoki olmasligi yuzasidan savollar berdi. “Credit House” rahbari va jinoyat işining boşida turgani aytilayotgan Dmitriy Bajyenov hamda şu firma vakili Robiya Galyamova ayblovlarni töliq rad etdi. Klara Tolipova hamda Şoira Rahimova esa qisman, qolgan sudlanuvçilar esa töliq aybiga iqror ekanini bildirdi.

Şundan söng jabrlanuvçilar birma-bir söroq qilindi. Sud majlisi e’lon qilgan oraliq tanaffusdan foydalanib Kun.uz muxbiri ayrim jabrlanuvçilar bilan suhbatlaşib, sud haqidagi fikrlarini oldi.

Eslatib ötamiz, mazkur iş doirasida 1766 nafar şaxs jabrlanuvçi sifatida e’tirof etilgan. Hozirça ularga yetkazilgan jami zarar miqdori ma’lum emas. Prokuror Sevara Saidjonova Kun.uz muxbirining bu haqdagi söroviga “jami zarar summasi aniq emas”ligini, barça ma’lumotlar suddan keyin oşkor qilinişini aytdi.

Dilşoda Şomirzayeva tayyorladi.