Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 yanvarda ötkazgan yiğilişida biznes niqobi ostida daromadli sohalarga kirib borayotgan uyuşgan jinoyatçilikni tanqid qildi. Xususan, davlat rahbari Kun.uz yoritgan va şu sabab tergov harakatlari boşlangan uy-joy hamda maşina oldi-sotdisi bilan boğliq firibgarlik işlariga töxtaldi.

Qayd etilişiça, şaharda kvartira sotiş masalasida 3 000 dan ziyod fuqaroga 1,3 trln söm zarar yetkazilgan. Misol uçun, “Credit House”, “In Fin Stroy Invest” quriliş korxonalari kvartira sotiş vaji bilan 2000 nafar fuqaroni aldab, 490 mlrd söm pullarini özlaştirgan.

“Umid Avtolizing”, “Halol Avtolizing” kompaniyasi kabi firmalar esa jami 1800 nafar fuqaroga avtomaşina yetkazib berişni va’da qilib, ularning 80 mlrd sömini qölga kiritgan.

“Özbekistonda bölyapti bu gaplar. Şuningdek, “Jalolquduq Aviatrans” korxonasi Umra ziyorati böyiça 534 nafar fuqaroni aldab, şunçaki Saudiya Arabistoniga yuboriş bilan çeklangan, yetkazilgan zarar 18 mlrd söm bölgan. Bu ham haqiqat, bu ham Özbekistonda bölyapti. Lekin heç kim bong urmaydi. Jahongir Xatamov (Boş prokuratura xuzuridagi Departament rahbari – tahr.) taşkiloti bunday uyuşgan jinoiy guruhlar faoliyatiga qaçon barham beradi? Sizlar qilmaslaring kim qiladi, Xatamov?”, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Eslatib ötamiz, yuqorida sanab ötilgan uy va maşina sotiş bilan şuğullanuvçi firmalar bilan boğliq keyslar haqida dastlab Kun.uz özining tarmoqlarida xabar bergandi, suriştiruv materiallarini e’lon qilgandi.